
Biz O'FF bilan turli sohalardagi o'zaro tajriba almashuvlari va Osiyo futbolining taraqqiyotiga asoslangan yaqin hamkorlikka umid bildiramiz, - deb yoziladi Kuniyaning tabriknomasida.
O'FF Prezidentligiga qayta saylangangiz munosabati bilan eng samimiy tabriklarimizni qabul qilasiz, - deb yozadi BAA Futbol Uyushmasi Prezidenti, OFK Ijroiya Qo'mitasi a'zosi Yusuf al-Serkal. Serkal o'z tabriknomasida hurmatga sazovor O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Usmonovning qayta saylanishidan tashkilotning boshqaruvi va rivojlanish yo'lida katta katta bilim, foyda va tajriba olishini alohida takidlaydi.
Shaxsan o'z va Ukraina Futbol Federatsiyasi nomidan tabriknoma yo'llayotganimdan xursandman, - deyiladi Ukraina Futbol Federatsiyasi Prezidenti Anatoliy Konkovning tabrik xatida. Fursatdan foydalanib, ham shaxsiy, ham federatsiyalararo aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligimizni aytib o'tmoqchiman.
Koreya Futbol Uyushmasi Prezideti (KFU) Mong Gyu Chung ham o'z tabrigida Usmonovning prezidentligi davrida qo'yilgan tamal toshi O'zbekiston futboliga ko'p yillar davomida xizmat qilishini yozadi. Dunyo ko'rayaptiki, Sizning rahbarligingiz ostida O'FF va O'zbekiston futboli to'g'ri yo'nalish bo'ylab rivojlanayapti. Keling, davlatlarimiz futbolining rivoji uchun birgalikda mana shunday ishlashda davom etaylik, - deydi KFU Prezidenti.
O'FF Prezidenti Mirabror Usmonovning qayta saylanganligi munosabati bilan, shuningdek, Eron Futbol Federatsiyasi Prezidenti Ali Kafashian, Ozarboyjon Futbol Federatsiyalari Uyushmasi Rovnag Abdullaev, Qirg'iziston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Semetey Sultonov, shuningdek, OFK Ijroiya qo'mitasi a'zosi Tashima Kazo va boshqalar Yangi yil tabriklari ilova qilingan tabriknomalar jo'natgan.