Bilich: "Payet "Vest Xem"da o'ynamoqchi emas, ammo biz uni sotishni istamaymiz"

Aslanov Jasurbek
12 yanv 2017, 16:41
Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Dmitri Payet "Vest Xem"da o'ynamoqchi emas.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Slaven Bilich e'lon qildi.

"Biz eng yaxshi o'yinchilarimizni sotmasligimizni e'lon qilganmiz, ammo Payet jamoada o'ynashni istamayapti. Uni sotmaymiz. Buni rais bilan muhokama qildim. Klub unga uzoq muddatli shartnoma taklif qildi, chunki uni qolishini istaymiz" - deydi Bilich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports