Bilich: "Adashtirmang - Arbeloa "Vest Xem"ga murabbiy emas, futbolchi sifatida keldi"

Aslanov Jasurbek
4 sen 2016, 11:41
"Vest Xem" bosh murabbiyi Slaven Bilich 33 yoshli himoyachi Alvaro Arbeloa bilan imzolangan bir yillik shartnoma borasida izoh berdi.

"Alvaro "Liverpul"da o'ynagan, shu sababli u APL nimaligini biladi. U 10 yil "Real"da o'ynadi va hamma sovrinni yutdi. Biz joyni kuchaytirmoqchi edik, Arbeloa esa shartnomasiz edi. U klub uchun ideal variant. Alvaro katta tajribaga ega professional va u jamoaga katta yordam beradi.

Ammo xato qilmang, u bu erga murabbiy emas, futbolchi sifatida keldi" - deydi Bilich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal