Bilasizmi? "Neftchi" Vitaliy Levchenko boshqaruvida "Bunyodkor"ga hali mag'lub bo'lgani yo'q

Iskandarov Abdulaziz
28 okt 2023, 13:29
Vodiy jamoalarining omadli yurishini "Turon" Yaypanda boshlab bergan bo'lsa, kecha "Navbahor" "Surxon"dan ustun kelib bayramni davom ettirdi.

Bugun "Andijon" o'z maydonida OKMKni qabul qilsa, "Neftchi" Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'ladi. E'tiborli jihati shuki, farg'onaliklar Vitaliy Levchenko boshchiligida "qaldirg'ochlar"ga hali mag'lub bo'lgani yo'q. O'tgan mavsum Olmaliqda kechgan o'yinda "Neftchi" 2:1 hisobida g'alaba qozongandi.  Bu yil Farg'onada o'tgan dastlabki uchrashuvda durang (0:0) va g'alaba (1:0) qayd etdi.

Superliga. 18-tur

"Bunyodkor" - "Neftchi" 1:2 

8 sentyabr 2022 yil. Olmaliq, OKMK stadioni. 18:30

Gol: Dmitrie Pobulich (penalti) 11, Fozil Musaev 45+3, 1:1, Mirzohid G'ofurov 51, 1:2


O'zbekiston kubogi 1-tur

12.04.2023. Farg'ona, "Istiqlol" stadioni

"Neftchi" - "Bunyodkor" 0:0 


Coca Cola Superliga, 10-tur

15.05.2023. Farg'ona, "Istiqlol" stadioni

"Neftchi" - "Bunyodkor" 1:0

Gol: D.Turopov (A.G'ulomov) 83

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia