Bilasizmi? "Navbahor"ning 5 nafar futbolchisi "Sho'rtan"ga qarshi o'ynay olmaydi!

Narzulla Saydullayev
18 apr 2014, 22:19
Ertaga O'zbekiston Kubogining 1/16 final bosqich o'yinlari bo'lib o'tadi.
Jumladan oliy liga vakili "Navbahor" G'uzorda "Sho'rtan" mehmoni bo'ladi. Mazkur bo'lajak bahsda namanganliklar tarkibida jiddiy yo'qotishlar bo'lib, Doniyor Usmonov, Temur Yafarov, Rahmatullo Berdimurodov, Azim Ahmedov hamda Elyor Jahonov ertaga Kubok uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. Bunga sabab "Navbahor" futbol klubi PFLga bu yilgi mavsum uchun badal pulini to'liq to'lamagan. Bu borada PFL klubni shu kungacha bir necha marotaba og'zaki ogohlantirib kelgan. Ammo amalda hech qanday ijobiy o'zgarish bo'lmaganidan so'ng "Sho'rtan"ga qarshi kechadigan bahsga asosiy tarkibning 5 nafar o'yinchisini maydonga tushishini taqiqlagan. Shuning uchun yuqorida nomlari keltirib o'tilgan futbolchilar jamoa bilan G'uzorga bormagan.

Mazkur choradan keyin ham "Navbahor" klubi badal pulini PFL hisob raqamiga o'tkazib bermasa keyinchalik bundan-da jiddiy choralar ko'rishi tayin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia