

Bu bahsda mezbonlar vakili Dragan Cheran dublga erishdi. Chernogoriyalik futbolchi bunga qadar O'zbekiston chempionatida 34ta gol urgan edi ("Nasaf"da 31ta, "Paxtakor"da 3ta).
E'tiborlisi Cheran eng ko'p golni "Lokomotiv" va "Navbahor" klubi darvozalariga urgan ekan - 5tadan. Kecha Dragan "temiryo'lchilar" darvozasiga o'zining 6 va 7-gollarini urdi.
Ma'lumot uchun, futbolchi O'zbekiston chempionatida faqat ikki klubga (faqat maydonga tushgan o'yinlar hisobga olingan) gol ura olmagan - AGMK va "Nasaf".




