Bilasizmi? Bu yil 15 nafar futbolchi ilk bor O'zbekiston chempioni bo'ldi

Narzulla Saydullayev
3 okt 2019, 13:12
2019 yilgi O'zbekiston chempionatida "Paxtakor" klubi chempionlikka erishdi.

"Paxtakor" tarkibidagi o'yinchilar orasida Sadriddin Abdullaev eng ko'p bor chempionlik unvoniga ega chiqqan. U "Paxtakor" biilan 4-marta chempion bo'ldi. Umumiy hisobda uning chempionligi 7taga etdi.

Marat Bikmaev esa "Paxtakor" va "Lokomotiv" safida uch martadan oltin medallarni qo'lga kiritgan. Marat 15 yildan keyin yana O'zbekiston chempioniga aylandi.

Egor Krimec, Vladimir Kozak, Jaloliddin Masharipov va Igor Sergeev 4-bor mamlakatimiz chempionlariga aylanishdi.

Sardor Sobirxo'jaev va Husniddin G'ofurov ikkinchi bor chempion bo'lishdi. Tarkibdagi qolgan futbolchilar bu yil faoliyatlarida ilk bor O'zbekiston chempioni degan nomga sazovor bo'lishdi.

7 - Sadriddin Abdullaev
6 - Marat Bikmaev
4 - Egor Krimec, Vladimir Kozak, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeev
2 - Sardor Sobirxo'jaev, Husniddin G'ofurov
1 - Sanjar Quvvatov, Eldor Suyunov, Sherzod A'zamov, Akram Komilov, Hojiakbar Alijonov, Bobur Asqarov, Alisher Salimov, Farruh Sayfiev, Dostonbek Hamdamov, Odil Hamrobekov, Ruslan Roziev, Javohir Sidiqov, Shohrux Mahmudhojiev, Marko Simich, Dragan Cheran.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia