Beyl Uels terma jamoasi o'yinlarida ishtirok etishi mumkin

Aslanov Jasurbek
7 okt 2015, 10:10
"Real" yarim himoyachisi Garet Beylning ma'lum qilishicha, u jarohatidan to'liq qutildi va Uels terma jamoasiga Evro-2016 saralash o'yinlarida yordam berishga tayyor.

"Mushaklarim yaxshi holatda. "Real"ning so'nggi uchrashuvida 20 daqiqa o'ynadim, oyoqlarim tayyor. Biz ko'p yillar davomida yirik turnirda ishtirok etishga harakat qildik. Bu tarkibdagi futbolchilar 6-8 yildan beri birga o'ynashadi. Murabbiy Koulman yaxshi ishlamoqda" - deydi Beyl.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal