Beyl: "Atletiko" qiyin jamoa, ammo "Real" kurashga tayyor bo'ladi"
Aslanov Jasurbek
5 may 2016, 11:45
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl "Atletiko"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Gap final bahsi haqida ketyapti, bunday o'yinlarda har qanday raqib kuchli bo'ladi. "Atletiko" - qiyin jamoa, ammo bu kunni intiqlik bilan kutyapmiz. Jamoamiz kurashga tayyor" - deydi Beyl.