Beyl Anchelottini buyuk murabbiy deb atadi

Alisher
4 iyun 2021, 18:07
"Real" hujumchisi Garet Beyl "qirollik klubi"ga qaytgan Karlo Anchelottini buyuk murabbiy deb atadi.

"Men Karlo Anchelottining buyuk murabbiy ekanligini bilaman. Men uni bilaman va bizda o'tmishda "Real" bilan ajoyib lahzalar bo'lgan. Yevropa chempionati tugashi bilan suhbatlashamiz va mening jamoadagi kelajagim borasida bir qarorga kelamiz", - deydi Beyl.

Beyl 2020/21 yilgi mavsum "Tottenxem" safida "Real"dan ijara asosida o'ynadi.

Mayda tarqalgan xabarlarga ko'ra, Madrid klubi Beylni tezroq sotmoqchi ekanligi va hatto o'yinchi faoliyatini yakunlashi mumkinligi borasida ham xabarlar yangragan edi.

Anchelotti "Real"ga kelganidan so'ng Beylning Madrid grandiga yordam bera olishini aytdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports