Beyi: "Menga "Manchester Siti" qiziqqan edi, lekin men Mourinyo uchun o'ynashni hoxlayman"

Tolibjon Qosimov
31 iyul 2016, 21:04
"Manchester Yunayted" himoyachisi Erik Beyi unga "Manchester Siti" ham qiziqqanini ma'lum qildi.
"Men MYU bilan shartnoma tuzdim, chunki menga Mourinyo qo'l ostida o'ynash juda yoqadi, bor yo'g'i shu. Men juda qattiq mexnat qiladigan inson uchun o'ynashni istayman. Menga "Manchester Siti" ham qiziqqan edi, Gvardiola bilan gaplashmadim, lekin "shaharliklar" murabbiylaridan biri bilan suhbatlashdim. Yaya Ture ham qo'ng'iroq qildi va "Siti"ga chaqirdi, lekin men Mourinyoni afzal ko'rdim. Bu qarorni qabul qilishimga qisman Dide Drogba ham sabab bo'ldi, u Joze tufayli juda ko'p narsaga erishdi. Dide - mening do'stim, Drogba menga Mourinyo u uchun ko'p ish qilganini aytdi", - deya Beyining so'zlarini keltirdi "The Sun".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Sun