"Betis"ning uch nafar futbolchisi koronavirusga chalindi

Mirjalol Normatov
10 may 2020, 12:43
"Betis"ning asosiy jamoasi 3 nafar futbolchisi koronavirus testini ijobiy natija bilan topshirdi.

"Football Espana" xabariga ko'ra, futbolchilar, murabbiylar va personallar klub qarorgohiga qaytishdan oldin koronavirus testini topshirishgan.

Koronavirusga chalingan futbolchilar 2 haftaga izolyaciyaga olindi. Bu esa "Betis"ning mashg'ulotlarni boshlashiga xalaqit berishi kutilmoqda.

Oldinroq LaLigada yana 3 nafar futbolchi koronavirusga chalingandi. Ular "Real Sosedad" posboni Aleks Remiro, "Atletiko" himoyachisi Renan Lodi va "Granada" yarim himoyachisi Yangel Errera.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana