"Betis"ga qarshi bahsdan so'ng "Real" prezidenti bosh hakamga sovg'a berdi

Aslanov Jasurbek
20 may 2019, 18:10
"Real" hamda "Betis" o'rtasidagi LaLiganing 38-tur uchrashuvi yakunlanganidan so'ng uchrashuv bosh hakami Alberto Undiano Malenko "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peresdan sovg'a qabul qilib oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 45 yoshli hakam uchun "Santyago Bernabeu"dagi o'yin faoliyatidagi so'nggi bahs bo'ldi. Uchrashuvdan so'ng Peres hakamlar xonasiga kirib, bosh hakamga "Real" stadionining kichiraytirilgan ko'chirmasini sovg'a qildi.

Malenko bosh hakam sifatida LaLiganing 346ta uchrashuvida ishladi. Bu chempionat tarixidagi rekord natija hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo