"Beshiktosh" "Tinder"da akkaunti bo'lgan futbolchi bilan xayrlashdi

Aslanov Jasurbek
19 fev 2024, 22:21
"Beshiktosh" 21 yoshli Emirxan Delibash bilan shartnomani bekor qildi.

"Beshiktosh" tarbiyalanuvchisi hisoblangan 21 yoshli Emirxan Delibash tanishuvlar tarmog'i hisoblangan "Tinder"da ro'yxatdan o'tgani uchun muxlislar tomonidan tanqid qilindi va klub u e'tiborini boshqa narsalarga qaratyapti deb hisoblab, futbolchi bilan xayrlashdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, uning sahifasida Delibash hojatxonada tushgan selfisi, o'zi haqida turli ma'lumotlari va yoshi 24da ekanligi ko'rsatilgan.

Delibash ushbu akkaunt unga tegishli emasligini, bu "feyk sahifa"ligini tushuntirishga uringan bo'lsa ham unga ishonishmadi. U joriy mavsum ikki marta zaxiradan maydonga tushgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: CNN Turk