"Beshiktosh" "Arsenal" yarim himoyachisini ijaraga oladi

Alisher
30 avg 2019, 12:29
"Arsenal" yarim himoyachisi Muhammad El-Nenni "Beshiktosh"ga o'tishga yaqin.

Istanbulliklar Misr terma jamoasi o'yinchisini mavsum oxirigicha ijaraga olish bo'yicha kelishib olishdi.

Bundan tashqari "Beshiktosh" El-Nenniga maoshining katta qismini to'laydi. Xavbek London klubida haftasiga 50 ming funt miqdorida maosh olayotgan edi.

27 yoshli misrlik o'yinchi "Arsenal"dan oldin "Mokavlun" va "Bazel" klublarida o'ynagan. El-Nenni 2011 yildan buyon Misr terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal