"Arsenal" El-Nenni bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi

Alisher
25 may 2022, 14:01
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachi Muhammad El-Nenni bilan shartnomani uzaytirdi.

Bitim detallari ma'lum qilinmayapti. 29 yoshli afrikalik London klubiga 2016 yilda "Bazel"dan o'tgan. Uning londonliklar bilan oldingi shartnomasi 2022/23 yilgi mavsumga qadar mo'ljallangan edi.

Muhammad o'tgan mavsum 17ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.

"Arsenal" esa 2021/22 yilgi mavsum APLda beshinchi o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: arsenal.com