Bernardu Silva: “Vaziyatni o'zgartirish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz”

27 dek 2018, 08:02
“Manchester Siti”ning APL 19-turida “Lester”dan qabul qilib, olgan mag'lubiyatidan (1:2) so'ng jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan Bernardu Silva fikrlari bilan bo'lishdi.

“Biz ketma-ket ikki o'yinda yutqazdik, bu o'ta og'riqli fakt. Vaziyatni o'zgartirish uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz. “Liverpul” bilan oradagi farq kattalashib ketmoqda. O'z o'yinimizni tahlil qilishimiz, to'g'irlashimiz kerak”,-deydi Bernardu Silva.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC-Sport