

"U bizning jamoa bilan katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Faqatgina Santush terma bilan Yevropa chempionati va Millatlar ligasida sovrin yutdi.
Muxlislar uning faoliyatidan mamnun bo'lishlari kerak. So'nggi paytlarda terma unchalik ham chiroyli o'yin ko'rsata olmayapti. Biroq holatni yaxshilash uchun katta mehnat qilyapmiz", - dedi "Manchester Siti" futbolchisi.



