
"Men moslashuv jarayonini tezlashtira olmayman. Bunday narsalar tabbiy ravishda kechishi kerak. Men uchun hozirgi paytda mamlakatim va bu yerdagi vaqt farqiga moslashish va ancha yangicha mashg'ulot grafikiga ko'nikish qiyin bo'lyapti. Biroq bularning hammasi - vaqt o'tishi bilan izga tushib ketadigan narsalar".
"Avvaliga men "Shaxtyor"ning taklifini ko'rib chiqishni istamagandim. Biroq men qanchalik rad javobini berganim sayin, ularning taklifi jiddiylashib boraverdi. Keyin oilam bilan maslahatlashdim va biz taklif qilinayotgan pul men va "Atletiko Mineyro" uchun ancha foydali variant ekanini tan olib, rozilik berishga qaror qildim.