Bergkamp: "Ozil "Real"da eng muhim o'yinchi emas edi"

Tolibjon Qosimov
10 okt 2013, 11:36
"Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Dennis Bergkamp yarim himoyachi Mesut Ozil "Real"da mavqei bo'yicha to'rtinchi yoki beshinchi futbolchi bo'lganini aytdi.
"Ozilning "Real"dagi muammosi bu klubda yulduzlar juda ko'pligi edi. U mavqei jihatidan to'rtinchi yoki beshinchi o'rinda turardi. Mesut ko'prog'iga haqli edi: unga ko'proq erkinlik kerak edi. Ozil to'p bilan nima qilishni juda yaxshi biladi. Bu oddiy va qobiliyatli futbolchilarning farqi. "Arsenal"ning qolgan futbolchilariga xurmatni saqlagan holda shuni aytishim mumkinki Ozil - o'yin taqdirini hal qiluvchi o'yinchi hisoblanadi".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru