Benzemaga Fransiyaga qaytish taklifi bildirildi

13 noya 2019, 09:40
Karim Fransiyaga qaytishi mumkin.

“Lion” sport direktori Junino “Real” hujumchisi Karim Benzemaga taklif bilan chiqqan. Qayd etish joiz, Benzema vaqtida “Real”ga aynan “Lion”dan o'tgandi.

Juninoning so'zlariga ko'ra, Benzema “Lion”ga qaytib, bir-ikki mavsum davomida yosh hujumchilarga o'z tajribalarini bo'lishishi mumkin. Uning fikricha, Karim ajoyib futbolchi bo'lib, u o'ziga mas'uliyatini olishdan qochmaydi va atrofidagilarga ta’sir o'tkaza oladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Ol Nigt System