Benzema Valbuenaga bo'lgan tovlamachilikda ishtirok etganini tan oldi

Aslanov Jasurbek
5 noya 2015, 15:18
"Real" va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema sudda "Lion" yarim himoyachisi Matyo Valbuenaga bo'lgan tovlamachilikda ishtirok etganini tan oldi.

Futbolchi kecha Fransiya policiyasi tomonidan qo'lga olingan edi. Tahminlarga ko'ra, tovlamachilar Valbuenadan pul so'ragan suhbatida Benzema nomi tilga olingan. Bugun Benzema sud qarshisida o'z aybini tan oldi.

Eslatib o'tamiz, Fransiya qonunlarida "tovlamachilik va fitna"da ishtirok etish uchun 5 yildan kam bo'lmagan qamoq jazosi belgilanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AFP