Benzema va Ramos “Inter”ga qarshi o'ynamaydi

Aslanov Jasurbek
24 noya 2020, 08:54
Ikkala futbolchi ham jarohatdan forig' bo'lmagan.

“Real” rasmiy sayti YCHL 4-turi doirasida “Inter”ga qarshi bahs uchun o'yin qaydnomasini e'lon qildi.

Undan Karim Benzema, Serxio Ramos, Eder Militao, Luka Yovich, Federiko Valverde va Alvaro Odriosolalar o'rin olmadi. Militao hali koronavirusdan tuzalmagan bo'lsa, qolgan futbolchilarda esa turli jarohatlar bor.

“Inter”-“Real” uchrashuvi 25 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: “Реал” расмий сайти