Benzema va Morata joy almashishlari mumkin

Mirjalol Normatov
8 yanv 2019
"Chelsi"ga "Real" hujumchisi Karim Benzema kerak.

"Mirror" xabariga ko'ra, londonliklar "Real" hujumchisini Alvaro Morataga almashtirmoqchi.

Bu mavsumda ispaniyalik 26 yoshli hujumchi "ko'klar" safida 24 o'yinda qatnashib, 9 gol urdi.

31 yoshli Benzema Madrid klubi tarkibida 28 o'yinda qatnashib, 12 gol kiritdi va 6 golga assistentlik qildi. Uning "Real" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror