Benzema: “Ronaldu “Real”da yiliga 50-60 ta gol urardi, bunga moslashish kerak edi”

Eldor Akmurzayev
4 mar 2021, 21:30
“Real” hujumchisi Karim Benzema sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduni esladi.

“Krishtianu bilan birga o'ynashdan juda baxtiyor edim. Men aytadigan yagona narsa shuki, u ketganidan keyin menda biroz boshqacharoq uslubda o'ynash imkoni tug'ildi. U yiliga 50-60 ta gol urardi, shu tufayli bunga moslashish kerak edi. Ronaldu – dunyodagi eng yaxshi o'yinchilardan biri”, deydi fransiyalik hujumchi.

Benzema va Ronaldu 2009 yil “Real” a'zosiga aylangan. Portugaliyalik 2018 yildan beri “Yuventus” sharafini himoya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: El País