

Ushbu uchrashuvda ikkinchi golni kiritgan Karim Benzema "qirollik klubi" tarkibidagi 400-uchrashuvini o'tkazdi.
O'sha bahslarda fransiyalik hujumchi 189 gol kiritgan. Shuningdek, "Real" bilan 15 sovrinni qo'lga kiritgan. Benzema bu mavsumda LaLigada "Real" tarkibida 24 uchrashuvda maydonga tushdi va 5 gol urib, 8 ta golga assistentlik qildi.


