
"Qaymoqranglilar" Ispaniya chempionatining 21-turida basklarga qarshi maydonga tushdi va 4:1 hisobida g'alabani tantana qildi. Benzema o'sha uchrashuvda juda chiroyli gol muallifiga aylandi.
"Real Sosedad" darvozasiga urgan golim, faoliyatimdagi eng chiroylilaridan biri. Bunday gollarni "Sevilya" va "Osasuna"ga ham urganman. Ammo men uchun eng muhim gol, o'tgan yili "Bavariya" darvozasiga urganimdir" - deydi Benzema.
Eslatib o'tamiz, "Real" o'tgan yili "Bavariya" bilan Chempionlar ligasi yarim finalida to'qnash kelgan. "Qirollik klubi" uy uchrashuvida 1:0, mehmonda esa 4:0 hisobi bilan g'alaba qozonib, finalga yo'l olgan.