Benzema: "Mbappening "Real"ga o'tishi vaqt masalasidir. Uning o'zi bu haqda aytdi"

Alisher
2 okt 2021, 16:56
"Real" forvardi Karim Benzema PSJ hujumchisi Kilian Mbappening Madrid klubiga ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

"Men Mbappening "Real"ga o'tishini aniq bilaman. Qachon bo'ladi bilmadimu, ammo u keladi, bu vaqt masalasidir. Uning o'zi bu haqda aytdi", - deydi Benzema.

Yozda "Real" PSJga Mbappe bo'yicha taklif yubordi, ammo Parij klubi uni sotishni rad etdi.

Mbappe 2021/22 yilgi mavsum PSJ tarkibida 10ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe