Benzema: "Barchaga qo'llab-quvvatlov uchun rahmat. Shou davom etishi kerak"

Narzulla Saydullayev
30 noya 2021, 13:48
"Oltin to'p" uchun ovoz berishda to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritgan "Real" hujumchisi Karim Benzema muxlislarga qo'llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Barchaga qo'llab-quvvatlaganliklaring uchun rahmat. Men sizlar uchun futbol o'ynayman. Shou davom etishi kerak", - deb yozdi Benzema twitter'da.


33 yoshli Benzema Parijdagi "Oltin to'p" marosimini o'tkazib yubordi. Xabarlarga ko'ra, u tadbirga borishni rad etgan, sababi uni yakuniy ovoz berish natijalari qoniqtirmagan.

Eslatib o'tamiz, PSJ hujumchisi Lionel Messi etti bor "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/Benzema