Benzema: "Azar uchun afsusdaman"

Alisher
16 mar 2021, 10:03
"Real" hujumchisi Karim Benzema jamoadoshi Eden Azar haqida gapirdi.

"Edenda "Real"ga o'tganidan so'ng jarohatlar bilan omadi kelmadi. Afsusdaman, sababi bu bizga yordam bera oladigan top-futbolchi.

U ham bularning barchasidan xursand emas deb o'ylayman. Umid qilamanki, Eden imkon boricha tezroq maydonga qaytadi, sababi u bizga kerak", - deydi Benzema.

Azar joriy mavsum "Real" libosida 9ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com