Benzema "Atletik" bilan o'yinda qatnashadimi?

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2022
"Real"ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzema jarohatdan keyin safga qaytishga yaqin, deb xabar berdi El Golazo de Gol.

Manbaning xabar berishicha, forvard Ispaniya kubogi finali doirasidagi "Atletik" bilan bahsda maydonga tushishi mumkin. Mazkur uchrashuv 2 fevral kuni o'tkaziladi.

34 yoshli Benzema ushbu mavsumda "Real" uchun 28 o'yinda maydonga tushib, 24 ta to'p kiritdi va 9 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan kelishuvi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Golazo de Gol