Benxakker: "Agar Zidan "Real"dagi rekordimni yangilasa xursand bo'laman"

Aslanov Jasurbek
9 dek 2016, 16:15
"Real" sobiq bosh murabbiyi Leo Benxakker jamoaning hozirgi ustozi Zinedin Zidan uning muvaffaqiyatini yangilasa xursand bo'lishini aytdi.

Gollandiyalik mutaxassis "Qirollik klubi" bilan birga 1989 yil ketma-ket 34 ta uchrashuvda mag'lub bo'lmagan. Ayni damda Zidan boshqaruvidagi "Real" ham xuddi shu natijani takrorladi.

"Agar Zidan "Real"dagi rekordimni takrorlasa xursand bo'laman, chunki u juda yaxshi ishlamoqda. O'shanda muvaffaqiyatimizdan qanchalik mamnun bo'lganimizni eslayman. Ammo rekordlar ularni yangilash uchun mavjud" - deydi Benxakker.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Confidencial