Bentankur uzoq muddatga safdan chiqdi

Administrator
14 yanv 2026
Rodrigo Bentankur uch oy davomida o'yinlarda ishtirok eta olmaydi.

"Tottenxem" yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur APL doirasidagi "Bornmut"ga qarshi o'yinda (2:3) jarohatlandi. London klubi 28 yoshli urugvaylik futbolchining son orqa qismida jarrohlik amaliyoti o'tkazilganini ma'lum qildi. Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, futbolchining tiklanishi taxminan uch oy davom etadi.


Bentankur joriy mavsum APLda 20 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.


AdministratorMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com