Bentankur koreyslar haqidagi xazili tufayli 7 o'yinga chetlatilishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
13 noya 2024, 20:02
Iyun oyida ijtimoiy tarmoqlarda "Tottenxem"ning urugvaylik yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur ishtirokidagi videorolik keng tarqaldi.

Videoda teleboshlovchi sportchidan jamoadoshining futbolkasini so'raydi.

"Sonni? Bu Sonnining amakivachchasining ham futbolkasi bo'lishi mumkin. Ular baribir bir xilku", – deb javob bergan Rodrigo. 

Keyinroq Bentankur ijtimoiy tarmoqda Son Xyon Mindan uzr so'ragan.

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) Bentankurga millatchilik yoki irqchilikka oid "haqoratli so'zlardan" yoki "harakatlardan" foydalanish bo'yicha ayblov e'lon qilgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, urugvaylik futbolchi uzoq muddatga chetlatiladi. Qator manbalarning yozishicha, gap 7 o'yinga diskvalifikaciya haqida ketmoqda, lekin aniq raqam hozircha tasdiqlanmagan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk