
Italiyaning "Napoli" klubi "Real" himoyachisi Alvaro Arbeloani ham o'z safiga qo'shib olmoqchi. Benitez bu futbolchi bilan "Liverpul"da birga ishlagan va endilikda "Napoli"da hamkorlikni davom ettirmoqchi. "Napoli" futbolchiga yiliga 2 million evro maosh berishga rozi. Transfer esa 6,5 million funtga baholanmoqda.