Benites: "Napoli" YCHLda ham zafar qucha oladi"

Omonjon To`xtamirzayev
20 fev 2023
"Napoli" sobiq bosh murabbiyi Rafael Benites neapolliklarning Chempionlar Ligasidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

"Odamlar Chempionlar Ligasi favoritlari haqida gapirganda doim bir xil jamoalarni tilga olishadi: "Real", "Manchester Siti" va x.k.z. Menimcha "Napoli"da Yevropa miqyosida ham chempion bo'lish uchun barcha imkoniyatlari bor. Ularning yo'qotadigan narsasi yo'q, ortiqcha bosim ham yo'q. Chempionatda katta farq bilan yetakchilik qilmoqda. Hozirgi vaziyatda jamoa YCHLda ham ancha uzoqqa borishi mumkin. Men "Napoli" Chempionlar Ligasini yutishi deyarli aniq demayapman, ammo chinakamiga yaxshi imkoniyat mavjud", - deya Benitesa so'zlaridan iqtibos keltiradi "La Gazzetta dello Sport".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport