Benites: "Agar Beyl tayyor bo'lmasa, uning o'rniga Xese, Cherishev yoki Vaskes o'ynashi mumkin"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2015, 12:25
"Real" bosh murabbiyi Rafael Benites futbolchilar holati haqida so'zlab berdi.

"Garet Beylning jarohati darajasini bilish uchun bir-ikki kun kutishimiz kerak. Serxio Ramos va Rafael Varanda faqat shikastlanish.

Agar Beyl tayyor bo'lmasa, uning o'rniga boshqa futbolchi chiqishi mumkin. Mateo Kovachichni raqibni kuchi tufayli maydonga chiqardim, ammo kelajakda Xese, Cherishev yoki Lukas Vaskes Beylni o'rniga o'yinga qo'shilishi mumkin" - deydi Benites.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com