"Benfika"ga MYU himoyachisi kerak

Mirjalol Normatov
11 iyul 2018
"Benfika" rahbariyati shvetsiyalik himoyachi Viktor Lindelofni ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

"A Bola" xabariga ko'ra, lissabonliklar bu borada "Manchester Yunayted"dagilar bilan aloqaga chiqib, transferni muhokama qilishgan.

Lindelof 2016/17 yilgi mavsumda "Benfika" tarkibida harakat qilgandi. Shundan keyin u APLga ko'chib o'tdi, biroq Manchesterda asosiy futbolchi bo'la olmadi. U "Yunayted" tarkibida o'tgan mavsumda 13 uchrashuvda maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: A Bola