

Gumonlanuvchilardan biri Portugaliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ruy Koshta bo'lib, u Luish Felipe Vieyra o'rniga "Benfika" prezidenti lavozimini egallagan. 2021 yilda rahbarlik lavozimini tark etgan Vieyraning o'zi esa hozir hibsda.
“Milan” va “Fiorentina”ning sobiq yarim himoyachisi 2020 yilda klub vice-prezidenti lavozimida ishlayotgan kezlarida kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgan bo'lishi mumkin.
Klub tergovga barcha kerakli ma'lumotlarni taqdim etishga tayyorligini ma'lum qildi.


