"Benfika" Felishni jamoaning eng ko'p maosh oladigan o'yinchisi qilmoqchi
Tolibjon Qosimov
11 may 2019, 14:10
"Benfika" klubi yarim himoyachi Joau Felish bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
"A Bola" nashrining xabar berishicha, "burgutlar" 19 yoshli portugaliyalikni jamoaning eng ko'p maosh oladigan o'yinchisi qilmoqchilar. Yangi taklifga ko'ra, Felishning maoshi yiliga 2,5 million evro bo'ladi.