

"Benfika" klubi Argentina terma jamoasi bilan birganlikda ajoyib o'yin ko'rsatib, Jahon chempioni bo'lgan Enco Fernandes bo'yicha ajoyib takliflar olmoqda. Klubga allaqachon 127 mln evrolik ikkita taklif kelib tushgan. Tez orada xuddi shuncha summalik uchinchi taklif ham kelishi mumkin. "Benfika" o'yinchisiga hozirda APL va La Liga grandlaridan qiziqishlar bor. Avvalroq, "Real Madrid", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" Enconing xizmatlariga qiziqayotgani ma'lum qilingandi.
Ma'lumot uchun, 21 yoshli futbolchi Portugaliya chempionatida 13 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishgandi.



