

Lissabonning "Benfika" klubi o'zining asosiy darvozaboni Anatoliy Trubinni Fransiyada bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlariga yubormaydi, deya xabar berdi "TaToTake".
Xabar qilinishicha, "burgutlar" Ukraina futbol assotsiatsiyasiga tegishli maktub yo'llagan. Ayni vaqtda portugaliyaliklar yana bir darvozabon yaponiyalik Leo Kokuboni Olimpiadaga yuborishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Olimpiya o'yinlari doirasidagi futbol turniri 24 iyuldan 10 avgustga qadar bo'lib o'tadi.


