Benatia: "Yuventus"ning qiziqishi haqida hech narsa eshitganim yo'q"

Aslanov Jasurbek
5 avg 2015, 20:12
"Bavariya" himoyachisi Mexdi Benatia faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkinligi haqidagi mish-mishga izoh berdi.

"Yuventus"ning qiziqishi haqida hech narsa eshitganim yo'q. Bu boradagi narsalarni kuzatib bormayman. "Bavariya" bilan 5 yilga mo'ljallangan shartnomam bor, bu yerda baxtliman.

Italiya chempionatini muntazam kuzatib boraman. U yerda ko'plab iqtidorli futbolchilar bor. Bizga Arturo Vidal qo'shilganidan juda xursandman" - deydi Benatia.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com