Belyavskiy BATEga 2ta gol urgan Yaxshiboev haqida: "U kabi o'yinchi hozir Belarusda bo'lmasa kerak"

Alisher
20 mar 2020, 10:43
"Energetik" bosh murabbiyi Vladimir Belyavskiy BATE (3:1)ga qarshi o'yindan so'ng dubl qayd etgan yarim himoyachi Jasur Yaxshiboev haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- U sifatli futbolchi. Biz u haqida bilar edik va uning jamoaga kelishi borasida uzoq vaqt muzokaralar olib borganmiz. Bizda yana bir o'zbek bor, ammo u kasal bo'lgan va hali tuzalmagan. Biz bu o'yinchilarni shunchaki ko'rganimiz uchun tanlamaymiz. Uni kuzatdik. U haqida nafaqat Belaruda, balki butun Osiyoda gapirishadi. Bugun biz uni qanday sovuqqon ijrochi ekanligini ko'rdik. Bundaylar balki bizning yurtimizda yo'qdir.

- U aniq butun mavsum davomida qoladimi?

- Bizda shunday jamoa borki, ertaga kimdir bu yerda qolmasligi mumkin. Bizga biror narsa beradigan odamlar yo'q. Vaziyatdan o'zimiz chiqishga harakat qilyapmiz. Agar munosib taklif bo'lsa, ko'p klublarni qiziqtirib qo'ygan Yaxshiboev, Teklo va Mavatular ketishadi. Bu borada hech qanday xavotir yo'q. Izlanamiz, ishlaymiz. Doim harakatda bo'lish kerak, - deydi Belyavskiy.

Eslatib o'tamiz, kecha Belarus chempionatining 1-turida "Energetik-BGU" sensacion tarzda BATE (3:1)ni mag'lubiyatga uchratdi va Yaxshiboev ushbu bahsda dubl qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sports.ru