Belotti "Roma"ga ultimatum qo'ydi

Оқил Абдубарноев
15 avg 2022
Hujumchi Andrea Belotti "Roma"ga ultimatum qo'ydi.

Tuttosport xabariga ko'ra, yo "bo'rilar" futbolchini ushbu hafta o'z safiga qo'shib oladi yoki u Turkiyaning "Galatasaroy" yoki Fransiyaning "Nicca" jamoalaridan biriga o'tadi.

Ma'lum bo'lishicha, francuz klubi italiyalik futbolchiga to'rt yillik shartnoma, shuningdek, yiliga olti million evrolik maosh taklif qilmoqda.

"Roma" esa o'z navbatida Belottining transferi uchun Eldor Shomurodovdan qutulishi kerak. Rim jamoasi vakillari Belottining talabiga hozircha izoh berishmadi.

Belotti hozirda Palermoda o'z formasini saqlab turishi uchun individual dastur bo'yicha mashg'ulot o'tkazmoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Tuttosport