Bellingem: "Menda yana golni his qilish tuyg'usi paydo bo'ldi"

Tolibjon Qosimov
11 dek 2024, 16:09
Kecha tunda YCHL 6-turi doirasida "Real" jamoasi safarda "Atalanta"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvda madridliklarning uchinchi goliga Jud Bellingem mualliflik qildi. O'yindan keyin Jud fikrlarini bildirib o'tdi.

"Menda yana golni his qilish tuyg'usi paydo bo'ldi, yanada ko'proq gol urishga umid qilaman.

Biz o'tgan mavsum ko'p o'yinlarda g'alaba qozondik, lekin bu klub uchun men yana va yana ko'proq gollar urishni xohlayman", - dedi Bellingem.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano