

O'yinda Jud Bellingemning 90+5 - daqiqada kiritgan goli inglizlarni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Jangovar durang (2:2) bilan tugagan bahsdan keyin Jud fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yin menga yoqdi. Men bilardim, agar biz ketma-ket ikkita o'yinni yutqazib qo'ysak bizni botqoqqa botirishardi", - dedi "Real" a'zosi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldingi o'rtoqlik o'yinida inglizlar Braziliyaga 0:1 hisobida yutqazib qo'yishgandi.

"18 yoshimda men Xbox o'ynardim, Kobbi esa Angliya terma jamoasida o'ynayapti"



