Belgiyalik virusolog: “UEFA tushunib etgandek”

Eldor Akmurzayev
11 apr 2020, 20:00
Belgiya Pro-Ligasini to'xtatish zarurligi bo'yicha UEFAga maslahat bergan mahalliy virusolog Mark van Ranst koronavirusning futbolga ta’siri haqida gapirib berdi.

Avvalroq, chempionat rahbariyati musobaqani muddatidan olin yakunlab, jadvalda peshqadamlik qilayotgan “Bryugge”ni chempion sifatida tan olishi aytilgandi.

“Menda UEFA joriy mavsumni davom ettirishning iloji yo'qligini tushunib etgandek taasurot uyg'otmoqda. Qaror uchun esa hech kim Belgiya klublarini ayblay olmaydi. O'yinlar tiklanishidan avval futbolchilar kamida 3-4 hafta mashg'ulot o'tishi kerak.

Koronavirus hali yuqori cho'qqisiga chiqmadi. Haqiqatga tik qarash zarur: futbol bahslari va musiqa festivallari kabi ommaviy tadbirlar, biz qayta ruxsat beradigan so'nggi narsalardir”, deydi virusolog.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Het Nieuwsblad