Belgiyada futbolchi raqib jamoa libosida mashg'ulotga kelgani uchun bazaga qo'yilmadi

Eldor Akmurzayev
6 yanv 2021, 19:30
“Antverpen” forvardi Dide Lamkel Ze g'alati ishga qo'l urdi.

Kamerunlik joriy transfer oynasida “Panatinaikos”ga o'tishni xohlamoqda va buni tezlashtirish uchun hozirgi klubiga bosim o'tkazishga urinmoqda. Bu safar u mashg'ulot bazasiga “Antverpen”ning Belgiya chempionatidagi raqibi “Anderlext” jamoasi libosida keldi, ammo ichkariga qo'yilmadi.

24 yoshli hujumchi 2018 yildan beri “Antverpen” sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsum chempionatda 5 o'yinda maydonga tushib, 1 ta pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Copa90