Belgilash uchun ishlatiladigan sepiluvchi bo'yoq Ispaniya chempionatida qo'llanilishi mumkin

Tolibjon Qosimov
1 iyul 2014, 15:18
Mundialda jarima to'plari va erkin zarbalarni belgilash uchun ishlatilayotgan sepiluvchi bo'yoq hozirga qadar hech kimga pand bergani yo'q va bu yangilik Ispaniya chempionati va ikkinchi divizonda ham qo'llanishi mumkin.
Agar bu ish amalga oshsa, La Liga FIFA yangiligini qo'llagan birinchi yirik chempionati bo'ladi.

Ispaniya professional futbol ligasi bu g'oyani hakamlar qo'mitasiga taklif etgan, hakamlar esa bu yangilik jahon chempionatida qanday ishlashini ko'rib, undan so'ng yakuniy qarorga kelishlarini aytishgan. Turnir yakunlanmagan bo'lsada, hakamlar qo'mitasi bu yangilikdan ko'ngli to'ldi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com